Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasi, Belarus Respublikasining Minsk shahrida
12 Jan, 2024 - 12:20
241
Matbuot xizmati
Belarus Respublikasining Minsk shahar “Yangi drama teatri” ga ikki teatr o‘rtasida tuzilgan hamkorlik Memorandum ijrosi yuzasidan gastrol safari bilan tashrif buyurib, I.Chernishev asari, X.Egamberdiyev tarjimasi, rejissyor Feruzbek Abdurayimov tomonidan sahnalashtirilgan “Super-quyon va Qorbobo” ertak komediya spektaklini namoyish etdi.
Ertak komediya spektakli so‘ngida, aktyorlar bilan birgalikda uchrashuv bo‘lib o‘tdi hamda esdalik uchun sur’atga tushildi.