Muhokamalarga boy uchrashuv

05 Dec, 2023 - 16:41
269
Muhokamalarga boy uchrashuv

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Vengriya Respublikasining  O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yojef Roja o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Unda Vengriyaning oliy ta’lim muassalari va Madaniyat vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim muassalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ikki davlat madaniyat vakillari o‘rtasida uchrashuvlarni tashkil qilish, o‘zaro tajriba almashish, Vember faoliyatiga bag‘ishlangan Xorazm viloyati Xiva shahrida ko‘rgazma tashkil qilish masalasi ko’rildi.

Shu bilan birga, ikki tomonlama musiqiy  jamoalari o‘rtasida musiqiy raqs hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash