Xitoy bilan kino sohasida hamkorlik masalasi muhokama qilindi

30 Dec, 2023 - 13:29
204
Xitoy bilan kino sohasida hamkorlik masalasi muhokama qilindi

Matbuot xizmati

Ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov Xitoy kino administratsiyasi direktori Mao Yuy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda ikki mamlakat o‘zaro madaniy muloqotni mustahkamlashga mo‘ljallangan madaniyat kunlari, kino kunlari, badiiy ko‘rgazmalar, festivallar o‘tkazilayotgani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuvda kino sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalasi muhokama qilindi. Xususan, kino festivallarida mamlakat vakillarining ishtirokini ta’minlash, hamkorlikda filmlar suratga olish hamda kino kunlarini o‘tkazishga kelishib olindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash