“Rus fasllari” xalqaro loyihasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

14 Dec, 2023 - 21:40
238
“Rus fasllari” xalqaro loyihasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Matbuot xizmati

Bugun O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida “Rus fasllari” xalqaro loyihasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Madjidov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri o‘rinbosari N.Prepodobnaya so‘zga chiqib, nutq so‘zladi.

Shundan so‘ng “Rus fasllari” xalqaro loyihasida faollik ko‘rsatgan soha vakillariga tashakkurnomalar va estalik sovg‘alar topshirildi.

Festivalning yopilish marosimiga bag‘ishlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida 2023-yilning 21-22-may kunlari Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri o‘rinbosari A.Prepodobnayaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida “Rus fasllari” loyihasining rasmiy ochilish marosimi, festivalning ramzi “Jar-ptitsiya” haykalining rasmiy topshirish marosimi, Rossiya Federatsiya xalq artisti N.S.Mixalkov boshchiligidagi Teatr va kino markazining “12” spektaklining namoyishi bo‘lib o‘tgan edi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash