Ikki davlat o‘rtasidagi navbatdagi ijobiy hamkorlik

22 Dec, 2023 - 19:09
318
Ikki davlat o‘rtasidagi navbatdagi ijobiy hamkorlik

Matbuot xizmati

Joriy yilning 21- dekabr kuni Qatar Davlati Madaniyat delegatsiyasi Toshkent shahriga tashrif buyurdi.

Tashrifdan maqsad, 2024- yilda ikki davlatda o‘tkaziladigan madaniy tadbirlar yuzasidan fikr almashish, hamda rejaga kiritilgan binolarni ko‘zdan kechirish edi.

Delegatsiya a’zolari tashrifning ilk kunida “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyiga bordi va anjuman saroyidagi barcha shart- sharoitlar bilan tanishib, kerakli mulohazalarni berib o‘tdi.


Delegatsiyaning keyingi tashrifi “Davlat amaliy san’at” muzeyi bo‘ldi. Qatar Davlat Madaniyat delegatsiyasi muzeyning tarixi, bitiklar va qo‘l yozmalarning  har biri bilan yaqindan tanishdi. Muzeyni yaqindan o‘rganib, kerakli bo‘lgan ashyolarni o‘zlari uchun maxsus deya fotoalbomga muxrlashdi.  

O‘rganish yakunida ikki davlat delegatsiya a’zolari samimiy o‘tgan kun haqida o‘z fikr- mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash