Madaniy-gumanitar aloqalar yanada rivojlanadi

15 Dec, 2023 - 22:10
291
Madaniy-gumanitar aloqalar yanada rivojlanadi

Matbuot xizmati

Joriy yilning 15-dekabr kuni Moskva shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning 24-yigʻilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yigʻilishga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.Xodjayev va Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi oʻrinbosari D.Manturov boshchilik qildi. 

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Avazxon Tadjixanov ishtirok etdi. Kun tartibida iqtisodiy hamkorlik masalalari bilan birga madaniy-gumanitar aloqalarga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Xususan, Oʻzbekistonda “Rus fasllari” loyihasi yuqori saviyada oʻtkazilgani alohida eʼtirof etildi. Shuningdek, oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida ikki davlat Madaniyat vazirliklari oʻrtasida 3 yillik dastur, birgalikda kino ishlab chiqish boʻyicha hukumatlararo bitim imzolash, 2024-yilda Rossiya Federatsiyasida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari”ni oʻtkazishga kelishib olindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash