O‘zbekiston - Qirg‘iziston: do‘stlik va qardoshlik rishtalari madaniyat ila

21 Dec, 2023 - 00:57
352
O‘zbekiston - Qirg‘iziston: do‘stlik va qardoshlik rishtalari madaniyat ila

Matbuot xizmati

Bugun “Turkiston” san’at saroyida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi hamda buyuk yozuvchi Ch. Aytmatov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan qirg‘iz madaniyat kechasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubaev ishtirok etdilar.


Marosimni  Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov hamda Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat, sport va yoshlar siyosati vaziri Maksutov Altinbek  tantanali ochib berish uchun nutq so‘zladi.

Marosimga kirishda turkiy xalqlarining oltin xazinasi bo‘lgan “Manas” dostonidan parcha Omurzaq Qaipov ijrosida tinglovchilar qalbini bir maromda tebratdi.

Shundan so‘ng qirg‘iz san’at vakillarining betakror baxshichilik vokal ijrolari-yu, Nurdin Tugolov nomidagi “Oq-Maral” raqs ansamblining  jozibali raqslari tomoshabinlar ko‘nglini zabt etibgina qolmay qirg‘iz xalq milliy kuy-qo‘shiqlari, madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini tuhfa etdi.

Ushbu tadbir ikki qardosh xalqlarining rishtalari tobora mustahkamlashib borayotganining yana bir yorqin ifodasidir. Zero madaniyat va san’at hamjihatlik rivojida mustahkam ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash