Gastrol safari oldinda

12 Dec, 2023 - 15:34
271
Gastrol safari oldinda

Matbuot xizmati

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri 10 – 14-dekabr kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahriga gastrol safari uyushtiradi.

Belarus Katta teatri sahnasida teatrning bosh rejissyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Haydarali Qosimov tomonidan sahnalashtirilgan Jorj Bizening "Iskateli jemchuga" spektakli namoyish etiladi.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning dekabr oyida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktori Ramiz Usmonov hamda Belarus Katta teatri general direktori Yekaterina Dulova o‘rtasida ikki tomonlama madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ikki davlat milliy opera va balet san’atini rivojlantirish yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolanib, 2023 yil davomida ikki davlat teatrlari o‘rtasida o‘zaro gastrollar almashinuvini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishilgan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash