MDH hamkorligi

11 Dec, 2023 - 19:31
303
MDH hamkorligi

Matbuot xizmati

11-dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Madaniy hamkorlik kengashi va Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Gumanitar Hamkorlik Davlatlararo Fondining qo‘shma majlisi bo'lib o'tdi.

Unda Madaniyat vaziri o'rinbosari Murodjon Madjidov ham ishtirok etdi.

Fondning 2021-2022-yillardagi moliyaviy faoliyati, 2024-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar, 2025-2026-yillar uchun tadbirlar rejasini ishlab chiqish muhokama qilindi. 

So'nggi yillarda, O'zbekistonning MDH oilasidagi tuzilmalarda faol ishtirok etib kelayotganligi, 2022-yilning 11-14 dekabr kunlari Toshkent shahrida MDHga a'zo davlatlar Ilmiy va ijodkor ziyolilarining XV yubiley forumi yuqori saviyada tashkil etilganligi, 2023-yilda tashkilot bilan amalga oshirilgan ishlar va yutuqlar ta'kidlab o'tildi, kelgusidagi rejalar kelishib olindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash