Tinchlik va hamjihatlik – eng katta boyligimiz

27 Dec, 2023 - 15:34
263
Tinchlik va hamjihatlik – eng katta boyligimiz

Matbuot xizmati

Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining qozoq tilidagi “Didar” dasturi tashkil etilganining 60 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Marosimda bugungi kunda O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari, xususan, qozoq millatiga mansub fuqarolar o‘zaro tinch va ahil yashab, yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgani, O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi samarali faoliyat yuritayotgani ta’kidlandi.

Bu boradagi islohotlar samaralarini yoritishda “Didar” dasturining alohida o‘rni borligi e’tirof etildi.

Yubiley munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyrug‘iga muvofiq bir guruh ijodkorlar “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Mukofotlarni o‘z egalariga madaniyat vazirining maslahatchisi Shavkat Ortiqov tantanali ravishda topshirdi.

Tadbir doirasida Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi hamkorligida oqinlar aytishuvi, yosh havaskor ijodkorlarning konsert dasturi ham o‘tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash