Rasmiylar tashrifi

21 Dec, 2023 - 23:27
271
Rasmiylar tashrifi

Matbuot xizmati

Joriy yilning 21-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligiga Qirgʻiziston Respublikasi madaniyat, axborot va yoshlar siyosati vaziri Altinbek Maksutov hamda vazirlik vakillari delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mazkur delegatsiyani Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Avazxon Tadjixanov kutib oldi.

Mehmonlarga Oʻzbekfilm kinokonserni tarixi va hozirgi kundagi ish faoliyati,  yangi barpo etilgan “Renessans” kino uyi hamda Butunrossiya (VGIK) davlat kinematografiya institutining ijodiy faoliyati tanishtirildi.

Uchrashuv davomida “Renessans” kino uyida oʻzbek kinosi tarixiga bagʻishlangan kinoloyihalar  hamda “Bahodir Yalangtoʻsh” filmining suratga olish jarayonlaridan videoroliklar namoyish qilindi. 

Shuningdek, kelgusida yosh kino ijodkorlarning hamda kino yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarning malakasini oshirish maqsadida hamkorlikda kinofilmlarni yaratish boʻyicha qator takliflar bildirildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash