Toshkent shahridagi teatrlar faoliyati bilan o‘rganilmoqda
05 Jan, 2024 - 12:33
249
Matbuot xizmati
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Baxadirovich Tadjixanov 4-yanvar kuni “Tomosha” bolalar musiqiy-teatr studiyasi, Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrida bo‘lib, mavjud shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Teatr faoliyati bilan bog‘liq muammo va kamchiliklarni o‘rgandi.
Tashrif jarayonida teatrlarga ko‘proq tomoshabinlarni jalb etish, sahna asarlari soni va qiziqarliligini oshirish, moddiy-texnik bazani yangilash, buning uchun esa “Do‘stlar klubi” imkoniyatlaridan unumli foydalanish kabi masalalar muhokama qilindi.