Vazirlik tizimidagi oliy taʼlim muassasalarining ilmiy sohadagi faoliyati tahlil qilindi

21 Dec, 2023 - 19:49
230
Vazirlik tizimidagi oliy taʼlim muassasalarining ilmiy sohadagi faoliyati tahlil qilindi

Matbuot xizmati

Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari A.Tadjixanov raisligida vazirlik tizimidagi oliy taʼlim muassasalarida ilmiy salohiyatini yanada oshirish, reyting koʻrsatkichini yuksaltirish maqsadida tahliliy va tanqidiy ruhda yigʻilish oʻtkazildi. 

Yigʻilish davomida oliy taʼlim muassasalarida ilmiy salohiyatni oshirish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash, professor-oʻqituvchi va talabalar almashinuvi dasturlari, xalqaro grantlar hamda ilmiy-innovatsion loyihalar, yetakchi ilmiy maʼlumotlar bazalarida nashr etilayotgan maqolalar sifati va sonini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ilmiy-ijodiy yoʻnalishda istiqbolli rejalarning bajarilishi, sifatli taʼlimni ustuvor yoʻnalishlarini koʻzda tutgan holda, ushbu yoʻnalishda har bir taʼlim muassasasi boʻyicha aniq strategiyalar belgilab olindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash