Bahodir Axmedov hamda ijodkor yoshlar o‘rtasida navbatdagi "Rahbar va yoshlar uchrashuvi"

21 Dec, 2023 - 13:01
240
Bahodir Axmedov hamda ijodkor yoshlar o‘rtasida navbatdagi "Rahbar va yoshlar uchrashuvi"

Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi  o‘rinbosari Ahmedov Bahodir Majidovich boshchiligida yana bir ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Dastlabki manzil Sirdaryo viloyati madaniyat va san'at sohasida faoliyat yuritayotgan iste'dodli yoshlar bilan bo‘lib o‘tdi. 

Guliston shahar hokimligida tashkil etilgan ushbu uchrashuv davomida bugungi kunda yosh ijodkorlarimizga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan to‘laqonli foydalangan xolda, ularning o‘z ustida ishlashi, mazmunan boy va musiqiy mukammal, vatan, sevgi, muhabbatni tarannum etuvchi yangi qo‘shiqlar yaratish kerakligi to‘g‘risida takidlab o‘tildi. 

Ijodiy uchrashuv davomiyligida ijodkorlar Bahodir Axmedov hamda ijodkor yoshlar oʻrtasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga to‘laqonli javobni olishdi va mazkur tashkil etilgan ijodiy seminardan mamnun bo‘lishdi.  

Shuningdek, Bahodir Majidovich tomonidan ijodkorlarga yuqori mativatsiya berilib, kelajakdagi rejalarning amalga oshirishlik uchun barcha sharoitlar yaratishga tayorligini bildirib o‘tdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash