Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

19 Dec, 2023 - 11:35
241
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

Matbuot xizmati

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamkorligida joriy yilning 19-dekabr kuni folklor va etnografiya kafedrasi tashabbusi bilan "Folklor, til va madaniyat masalalarini ilmiy o‘rganishda fan va innovatsiyalar uyg‘unligi" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda. 

Konferensiyaning ochilish marosimida Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov so‘zga chiqib, konferensiya ishtirokchilariga omad tiladi.

Shundan keyin, konferensiya o‘z ishini boshladi. Konferensiyada soha vakillari, taniqli professor-o‘qituvchilar va olimlar, kafedra o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar bilan bir qatorda xorijlik mutaxassislar ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishmoqda.

Konferensiya zamonaviy ilm-fan yutuqlarini o‘zbek folklori, tili va madaniyatiga tatbiq etish orqali sohani yanada rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Konferensiya doirasida shoʻbalar tashkil etilib, "Mustaqillik davri folklor san’atining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘zbek folklorshunosligida olib borilayotgan izlanishlar", "Xalq dostonlarining milliy madaniyatimizda tutgan o‘rni", "Lingvofolkloristika, til, adabiyot va folklor masalalari" kabi mavzular muhokama qilinadi.

Konferensiya yakunida ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash