Ijodkor yoshlar bilan navbatdagi seminar uchrashuvi

19 Dec, 2023 - 11:30
240
Ijodkor yoshlar bilan navbatdagi seminar uchrashuvi

Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Baxodir Axmedov boshchiligida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi hamda O‘zbek milliy maqomchilik san’ati markazining yosh ijodkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahri, Turkiston san’at saroyida tashkil etilgan ushbu uchrashuv davomida, bugungi kunda mamlakatimizda yosh ijodkorlarga berilayotgan imkoniyatlardan to‘laqonli foydalangan xolda, ularning o‘z ustida ishlashi, mazmunan boy va musiqiy mukammal, vatan, sevgi, muhabbatni tarannum etuvchi yangi qo‘shiqlar yaratishi kerakligi haqida so‘z yuritildi. 

Shuningdek, Baxodir Axmedov tomonidan ijodkorlarga yuqori mativatsiya berilib, kelajakdagi rejalarini amalga oshirishlik uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanligini bildirdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash