Madaniyat va san’at sohasida yangi bosqichga ko‘tarilishga oid ustuvor vazifalar muhokama qilindi

10 Jan, 2024 - 19:44
866
Madaniyat va san’at sohasida yangi bosqichga ko‘tarilishga oid ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Matbuot xizmati

2024-yilning 10-yanvar kuni Madaniyat vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi davomida berilgan topshiriqlar hamda madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar ijrosi muhokamasiga bag‘ishlangan videokonferensaloqa yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Davlatimiz rahbarining madaniyat va san’at sohasini isloh qilish, uni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganiga to‘htalib o‘tildi. Bunda teatrlar, konsert-tomosha tashkilotlari, madaniyat markazlari, musiqa va san’at maktablari, kinematografiya, nomoddiy madaniy meros va boshqa tarmoqlardagi yangiliklar va yutuqlar tahliliy tarzda ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 25-dekabrdagi ikki ta qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalarning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq amalga oshirilishiga oid tavsiyalar va talablar berildi.

Yig‘ilishda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi madaniyat va san’atni rivojlantirish  sho‘basi mudiri Nodirbek Sayfullayev hamda mas’ul xodimlari, madaniyat vazirligi rahbariyati va markaziy apparati xodimlari, hududiy madaniyat boshqarma va bo‘limlari boshliqlari, vazirlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlari va boshqa ziyolilar so‘zga chiqib, madaniyat va san’at sohasining asosiy muammolari va ularni hal qilish yo‘llari haqida fikr almashildi.

Yig‘ilish natijalarida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqarish va ularni amalga oshirishga oid topshiriqlar berildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash