Malaka oshirish markazining 2023-yilgi hisoboti

19 Dec, 2023 - 10:29
324
Malaka oshirish markazining 2023-yilgi hisoboti

Matbuot xizmati

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida 1800 nafardan ortiq pedagoglar, professor - o‘qituvchilar tomonidan mahorat darslarini qabul qilib oldilar.


Kurs davomida tinglovchilar mavzuga oid  ko‘pgina ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda fikr va mulohazalarda ham faol ishtirok etdilar. O‘zlarini qiziqtirgan sohaga oid savollarni birgalikda yechimini topib, zamonaviy ish yuritish tartibi bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv mobaynida har bir kadrlar, kasbiy ehtiyoj mazmunida so‘rovnoma to‘ldirib,  mazmun mohiyati bilan yanada tanishdilar.

 
Malaka oshirish tarmoq markazlari o‘z nihoyasiga yetgach, faol bo‘lgan pedagoglar Madaniyat vazirligi tomonidan, sertifikat bilan taqdirlandilar.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash