O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O`zbekiston – 2030” strategiyasi to`g`risida ma'lumot

17 Aug, 2023 - 13:59
551
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O`zbekiston – 2030” strategiyasi to`g`risida ma'lumot

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–158-son Farmoni hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–300-son qarori ijrosi yuzasidan
MA’LUMOT

                      Madaniyat vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF–158-son Farmoni hamda 
PQ–300-son qarori ijrosi alohida nazoratga olingan bo‘lib, belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilangan.

                      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmon va qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil 11-sentyabrda Madaniyat vazirining 2023-yil 14-sentyabrdagi 91-son va 92-son buyruqlari qabul qilingan hamda Madaniyat vazirligi Hay’atining videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishida muhokama qilinib, 2023-yil 18-sentyabrda 3-son yig‘ilish bayoni tasdiqlangan.

                      Ushbu buyruqlarga asosan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Madaniyat vazirligining tarmoq rejasi, 2023-yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejalarida belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash yuzasidan aniq muddat va mas’ullar belgilangan tarmoq “yo‘l xaritasi” 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlarda belgilangan maqsadlarga erishish bo‘yicha vazirlikning strategik ko‘rsatkichlari, 2023-yil yakuniga qadar ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ro‘yxati tasdiqlangan.

                     Shu bilan birga, Madaniyat vaziri tomonidan 2023-yil 15-sentyabrda 2023-yil yakuniga qadar ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va muhokama qilish bo‘yicha tarmoq reja tasdiqlangan.

                     Madaniyat vazirigi asosiy ijrochi yoki hamijroda bo‘lgan 6 ta maqsadni amalga oshirish uchun 7 ta vazifa bo‘yicha 18 ta amaliy chora-tadbirlarni bajarish, 19 ta maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish hamda 7 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan (Ma’lumot uchun: 4 ta hamijroda loyiha mavjud bo‘lib, hozirda barchasiga takliflar berilgan).

                     Hozirda, ushbu belgilangan topshiriqlarni barvaqt va sifatli bajarish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda hamda vazirlikda alohida nazoratga olingan.

                     Xususan, 2023-yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

                     Jumladan, bolalar musiqa va san’at maktablarini milliy musiqa cholg‘ulari bilan jihozlash uchun 79 ta komplektdan iborat 7 turdagi 546 ta milliy cholg‘u asboblari xarid qilinib, joylarga yetkazib berildi. Madaniyat markazlari uchun 7 turdagi 2 750 ta milliy musiqa cholg‘ulariga shartnomalar tuzildi

                     Askiya va qiziqchilik san’ati yo‘nalishidagi 4 ta ilmiy tadqiqot ishlari tanlab olindi hamda Innovatsion rivojlanish agentligiga taqdim etildi.

                     Xoreografiya akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish va ilmiy tadqiqotlar uchun maqsadli grantlar joriy qilish maqsadida 1 ta grand loyihasi ishlab chiqildi.

                     Shuningdek, belgilangan maqsadlarga erishish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosi yuzasidan vazirlik tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan jami 19 ta maqsadli ko‘rsatkichlarning 4 tasiga erishildi, qolgan 15 tasiga erishish bo‘yicha amaliy harakatlar olib borilmoqda.

                     (Ma’lumot uchun: 4 ta erishilgan maqsadli ko‘rsatkichlar: 1. Davlat teatrlarining xalqaro festival va gastrollarga yuborilishini tashkil etish, reja – 14 ta, amalda – 16 ta, 2. Joylarda o‘tkaziladigan sirk tomoshalarining sonini oshirish, reja – 490 ta, amalda – 584 ta, 3. Respublikada xalqaro festivallar, anjumanlar, forumlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, reja – 7 ta, amalda – 10 ta, 4. Madaniyat va san’at tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, xususan, ilmiy darajali va unvonli kadrlar sonini ko‘paytirish, reja – 10 ta, amalda – 11 ta).

                      Shu bilan birga, 2023-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha asosiy ijrosi sifatida ishlab chiqishi lozim bo‘lgan 7 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasining barchasi (ijro muddati – noyabr-dekabr) vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun elektron tizimi (project.gov.uz)ga joylashtirildi.

                       Shundan, 4 ta loyiha vazirlik va idoralar bilan kelishilmoqda, 3 ta loyiha Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritilgan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash