Dasturiy maxsulot ishlab chiqarish uchun

05 Sep, 2023 - 15:07
797
Dasturiy maxsulot ishlab chiqarish uchun

Dasturiy maxsulot ishlab chiqarish maqsadida bozor naxrini o'rganish uchun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 24-maydagi PQ–162-son qarori 1-ilovasi 77-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasida davlat mukofotlari bilan taqdirlangan madaniyat va san’at sohasi vakillari portalini ishlab chiqish yuzasidan shu sohada uzoq yillik tajribaga ega, salohiyatli dasturiy maxsulotlar ishlab chiqaruvchi tashkilot (AJ, DUK, MCHJ, YATT) lar o'z tijorat takliflarini bildirishlari mumkinligini ma'lum qilamiz.

Loyiha amalga oshirish uchun talablar quyidagicha:

Loyiha texnik xujjatlari(loyiha pasporti, loyiha konsepsiyasi, loyiha texnik topshirig'i)ni ishlab chiqish;
Loyiha texnik topshirig'ini ekspertizadan o'tkazish;
Axborot tizim arxitekturasini va dizaynini ishlab chiqish;
Portal dasturiy qismini ishlab chiqish;
Serverni sozlash;
Axborot tizimni texnik qo'llab-quvvatlash.
 

Murojaat uchun telefon: (55) 502-33-77 (152);
Elektron pochta: akt@madaniyat.uz.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash