Toshkent shahri, M.Ulug‘bek tumani, Qizilsuv ko‘chasi 186-uy manzilida joylashgan sobiq madaniyat markazini DXSHga berish

02 Nov, 2023 - 15:59
414
Toshkent shahri, M.Ulug‘bek tumani, Qizilsuv ko‘chasi 186-uy manzilida  joylashgan sobiq madaniyat markazini DXSHga berish

Davlat-xususiy sheriklik

Toshkent shahri, M.Ulug‘bek tumani, Qizilsuv ko‘chasi 186-uy manzilida joylashgan sobiq madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida qayta ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha loyihani amalga oshirishidan manfaatdorligi bo‘lgan boshqa talabgorlarga ma’lum qilish taklifi to‘g‘risida

 

 

2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga xususiy tashabbuskor “NEW FAYA EDUCATION” MCHJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyiha Toshkent shahri, M.Ulug’bek tumani, Qizilsuv ko‘chasi 186-uy manzilida joylashgan madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida ta’mirlash va jihozlash, zamonaviy madaniyat markazi faoliyatini hamda ushbu hudud aholisi uchun bolalar maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, markazda zamonaviy to‘garaklar, jamoalar, o‘quv markazlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish zali, shuningdek, ushbu hududda istiqomat qiluvchi 3-7 yoshdagi bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish loyihasi amalga oshiriladi. Shu bilan birga markazda aholi uchun turli madaniy ma’rifiy tadbirlar oʻtkazilib borishi rejalashtirilgan.

Toshkent shahri, M.Ulug‘bek tumani, Qizilsuv ko‘chasi 186-uy manzilida joylashgan madaniyat markazini madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish hamda tashabbuskor tadbirkorlarga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida, davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan obyektlarni madaniyat va sanʼat sohasiga yaqin boʻlgan, shuningdek, xizmat koʻrsatish, kichik ishlab chiqarish va savdo faoliyati turlari bilan shugʻullanishga ruxsat beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-537-son Qonuniga muvofiq, tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi potensial davlat sherigi (Madaniyat vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat–xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʻgʻrisida maʼlum qilish maqsadida vazirlikning hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytlarida 45 (qirq besh) kalendar kuni muddatda eʼlonga joylashtiriladi.

Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli.

Loyiha konsepsiyasi.

 

Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va takliflarni 2023-yil 16-dekabr kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha topshirilishi kerak

Loyihaga qiziqish bildirish uchun soʻrov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzilda qabul qilinadi. Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko'chasi, 107 B-uy (Madaniyat vazirligi).

“Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning tashabbuskori hamda qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʻtkaziladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash