2020-2021 o‘quv yili uchun qabul jarayoni va kirish imtihonlarga oid ozgarishlar
13 iyun kuni «2020-2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Toshkent shahar
Yashnaobod tumani Aviasozlar ko'chasi, 7-a uy
Oliy ta'lim muassasalari
Mazkur qarorga asosan 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul jarayoni va kirish imtihonlariga oid quyidagilar belgilanmoqda:
Oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga hujjatlar 20 iyundan 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda qabul qilinadi. Abituriyentlar hujjatlarni davlat xizmatlari markazlari (belgilangan hududlarda), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (barcha hududlarda) va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali topshirishlari mumkin.
Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.
Rasmiy sahifa