Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o'tkazilgan tadbir

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o'tkazilgan tadbir

Photo || 17-May-2021 02:42 || 5652

Joriy yilning 28 may kuni "O'zavtoyo'l"AK tizimidagi Avtomobil yo'llari ilmiy tadqiqot instituti (AYITI)da 1 iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri o'tkazildi. Tadbir doirasida "Asfaltga tushirilgan eng yaxshi surat" tanlovi bo'lib o'tib, unda institutda faoliyat yurituvchi xodimlarning eng kichik oila a'zolari ishtirok etishdi.

Jajji bolakaylar o'zlarining bor mahoratlarini namoyish etishga bel bog'lab, bir-biridan chiroyli rasmlar chizishar ekan, yuzlarida bayram nashidasi aks etib turardi.

Tadbir so'ngida rasmlar tanlovida faol ishtirok etgan bolajonlarga bayram sovg'alari topshirildi. Sovg'alarga qo'shimcha tarzda "Premier Hall Cinema" kinoteariga multfilm tomoshasiga borish uchun berilgan chiptalar bolajonlarni ayniqsa quvontirdi. 


Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o'tkazilgan tadbir
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o'tkazilgan tadbir
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o'tkazilgan tadbir

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash