TA'TILDAGI YULDUZLAR

15 Jan, 2022 - 21:29
10779
TA'TILDAGI YULDUZLAR

Axborot va matbuot xizmati

MADANIYAT VAZIRLIGI “TAʼTILDAGI YULDUZLAR”
ONLAYN TANLOVINI EʼLON QILADI


Bugungi kunda uyda qolib ijod qilayotgan oʻquvchilarning madaniy dam olishi hamda ijodiy qiziqishlari va ijrochilik qobiliyatlarini namoyish etish, oʻquvchi-yoshlarning taʼtil davridagi boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda madaniyat va sanʼatga boʻlgan isteʼdodi va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishga yoʻl ochib berish maqsadida Madaniyat vazirilgi “Taʼtildagi yulduzlar” onlayn tanloviga start beradi.


❇️ Tanlov shartlari:
1. Mazkur tanlovda Madaniyat vazirligi tasarrufidagi bolalar musiqa va sanʼat maktablarining oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin.
2. Tanlovga taqdim etilgan asarlar ishtirokchilar tomonidan jonli tarzda ijro etilishi shart.
3. Tanlov internet tarmoqlari orqali ijod namunalarini namoyish etish yoʻli bilan tashkil etiladi.


✅Tanlov quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:
🪕“Eng yaxshi cholgʻu ijrochisi”;
🎤 “Eng yaxshi xonanda” (anʼanaviy, akademik, estrada va baxshichilik);
💃🏻 “Eng yaxshi raqs ijrochisi”;
Tanlov ishtirokchilari cholgʻu, ashula, ariya, qoʻshiq va raqs boʻyicha ixtiyoriy tarzda asarlar tanlash huquqiga ega.


🗒Tanlovda ishtirok etish:
Tanlov bir bosqichda, onlayn tarzda oʻtkaziladi. Tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan cholgʻu, xonandalik hamda raqs ijrolariga oid ijod namunalari video, audio foto materiallar 2022-yilning 15-23-yanvar kunlari t.me/tatildagiyulduzlarmv_bot manzili orqali qabul qilinadi.


Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan oʻquvchilar oʻzi haqidagi quyidagi maʼlumotlarni ijod namunalariga ilova qilgan holda taqdim etadi:

1. Ishtirokchining yoshi.

2. Ishtirokchining familiya, ismi, sharifi.

3. Ishtirokchi tahsil oladigan musiqa va sanʼat maktabi joylashgan hudud hamda raqami.

4. Ishtirokchining tahsil oladigan yo'nalishi. 


Gʻoliblar quyidagi esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadilar:
🥇I oʻrin — noutbuk.
🥈 II oʻrin — planshet.
🥉 III oʻrin — kitoblar toʻplami.
✅Shoshiling! Imkoniyatni qoʻldan boy bermang!
Ijod namunalaringizni 2022-yil 23-yanvarga qadar quyidagi t.me/tatildagiyulduzlarmv_bot manzilga yoʻllang.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash