MADANIYAT VA SAN’AT VAKILLARI E’TIBOR MARKAZIDA

31 Dec, 2021 - 15:28
1067
MADANIYAT VA SAN’AT VAKILLARI E’TIBOR MARKAZIDA

Axborot va matbuot xizmati

Kuni kecha, Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabida viloyat madaniyat boshqarmasining 2021 yildagi faoliyati yakunlari va galdagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Unda viloyat hokimligi mutasaddilari, madaniyat va san’at sohasi vakillari, ustoz-murabbiylar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Botir Shaxriyorov sohaning fidoyi xodimlarini kirib kelayotgan yangi 2022-yil bilan muborakbod etdi.

Shuningdek, joriy yilda ijodiy, tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi faoliyat yakunlari va 2022-yilga belgilangan ustuvor vazifalar xususida fikr-mulohozalar yuritildi. Kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar ham belgilab olindi.

Shu bilan bir qatorda, bayram arafasida joriy yil davomida madaniyat va san’at sohasi rivoji uchun munosib hissa qo‘shib kelayotgan madaniyat va san’at vakillarining bir guruhi tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash