Madaniyat kunlari doirasidagi yana bir muhim uchrashuv

15 Dec, 2021 - 23:04
734
Madaniyat kunlari doirasidagi yana bir muhim uchrashuv

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari Olimjon Mirzayev Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan Madaniyat kunlari doirasida Turkiya Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Serdar Cham bilan uchrashdi. 

Unda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va raqamlashtirish tizimini sohaga jadal tadbiq etish, bugungi kun talablariga mos ravishda madaniyatni targ‘ib qilish, shuningdek, do‘stona ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi. 

Uchrashuv yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan muhim takliflar bildirilib, xalqaro miqyosdagi madaniy tadbirlarda doimiy ishtirok etish va ana shu jarayonda o‘zaro tajriba almashish ham madaniyat targ‘ibotida muhim ekanligi alohida ta’kidlandi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash