Beruniy tavalludining ming yilligi munosabati bilan tayyorlangan yagona nusxadagi medalyon O‘zbekiston tarixi muzeyiga topshirildi

17 Jan, 2024 - 16:45
248
Beruniy tavalludining ming yilligi munosabati bilan tayyorlangan yagona nusxadagi medalyon O‘zbekiston tarixi muzeyiga topshirildi

Matbuot xizmati

Rossiyaning Sverdlovsk viloyatidagi O‘zbek milliy madaniyat markazi rahbari Obid Turatov poytaxtimizdagi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga o‘zgacha sovg‘a bilan tashrif buyurdi.

“Vatandoshlar” jamoat fondi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda u Abu Rayhon Beruniy tavalludining ming yilligi munosabati bilan tayyorlangan noyob medalyonni muzeyga topshirdi.

Ushbu medalyon 1973-yilda sobiq ittifoqda haykaltarosh Yuriy Xaldeyev tomonidan Beruniy tavalludining ming yilligiga bag‘ishlab yagona nusxada yasalgan. Ayni vaqtda u noyob eksponat hisoblanadi.

Medalyon muzeyning "Birinchi Renessans davri" burchagiga joylashtirildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash