Maqom kechalari tashkil etildi

17 Jan, 2024 - 15:30
208
Maqom kechalari tashkil etildi

Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-sentyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish va soha vakillari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qaroriga asosan joylarda tashkil etilayotgan Maqom kechalari:

Farg‘onada Xorazm Maqom kechasi tashkil etildi. 

Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatri jamoasi Jizzax viloyati Zarbdor tumanida maqom konsert dasturini namoyish etdi. 

Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatri jamoasi Surxondaryo viloyatida bo'ldi. 

Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatri jamoasi Toshkent viloyati Angren shahrida konsert dasturi sahnalashtirdi. 

O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Toshkent viloyati hududiy bo'limi jamoasi Samarqand shahrida konsert dasturi o'tkazdi. 

Toshkent viloyatida O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Navoiy viloyati hududiy bo‘limi jamoasi ishtirokidagi tadbir bo'lib o'tdi

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash