O‘zbek filmi Yevropa kinofestivalida ishtirok etadi

17 Jan, 2024 - 14:14
206
O‘zbek filmi Yevropa kinofestivalida ishtirok etadi

Matbuot xizmati

Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan Shokir Xoliqov tomonidan suratga olingan "Yakshanba" filmi fevral oyida yana bir nufuzli festivalda ishtirok etadi. 

Kinokartina bu safar Fransiyaning Vesul shahrida o‘tkaziladigan "Xalqaro Osiyo filmlari festivali" ("Le Festival international des cinémas d'Asie, FICA")da qatnashadi. 

Mazkur kinofestival 1995-yil tashkil etilgan bo‘lib, har yil fevral oyida o‘tkaziladi. Bu yilgi marosim 6-13-fevral kunlari bo‘lib o‘tishi belgilangan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash