Hokimning teatrga tashrifi

16 Jan, 2024 - 15:39
231
Hokimning teatrga tashrifi

Matbuot xizmati

Bugun Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov teatr faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyati qo'g'irchoq teatriga tashrif buyurdi. 

Tashrif doirasida Samarqand viloyat hokimi tomonidan teatrning moddiy texnik bazasini mustahkamlash va takomillashtirish, shuningdek, teatrda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat hokimligi tomonidan teatrdagi ushbu kamchiliklarni bartaraf etish va tashrif buyuradigan tomoshabinlar uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish choralarini ko'rish uchun mas‘ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash