Qozog‘iston universitetida xoreografiya san’ati yo‘nalishi ochiladi va O‘zbekiston bilan qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi

15 Jan, 2024 - 14:48
226
Qozog‘iston universitetida xoreografiya san’ati yo‘nalishi ochiladi va  O‘zbekiston bilan qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi

Matbuot xizmati

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi va 🇰🇿Qozog‘iston Respublikasi Jumabek Tashenev nomli universitet o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida 2023-yolda quyidagi ishlar amalga oshirildi: 

O‘zDXA rektori Sh.Toxtasimov tomonidan Tashenev nomli universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun "Mahorat darsi", hamkorlikda "Ilm-fan, ta’lim va san’at integratsiyasi: istiqbolli rejalar" mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya, anjuman doirasida O‘zbekiston xalq artisti, professor Gavhar Matyoqubova nomidagi xalqaro raqs ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Akademik mobillik asosida O‘zDXA dotsenti v.b. filologiya fanlari doktori (DSc) H.Hamroyeva 2023-yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha Tashenev nomli universitet “O’zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi talabalari hamda magistrantlari uchun ma’ruzalar o‘qidi. 

 

Hamkorlikda xalqaro ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xususan, 2024–2025-o‘quv yilida J.Tashenev nomli universitetda xoreografiya san’ati yo‘nalishi ochilishi, bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish kelishib olindi.                                                

Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdagi  tashabbuskorligi uchun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Sh.M.Toxtasimov  Qozog‘iston Respublikasi J.Tashenev nomli universitetning faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash