Bayram muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

14 Jan, 2024 - 09:27
193
Bayram muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

Matbuot xizmati

Madaniyat vazirligi jamoasi barcha harbiy xizmatchilar va soha faxriylarini, butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Biz mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligini ta'minlashdek muqaddas burchini sharaf bilan ado etayotgan mard va jasur harbiylarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. 

Yurtimiz posbonlarining irodasi, shijoati, jangovar ruhi, shu muqaddas zaminimizga bo‘lgan mehru muhabbatiga qarab, Vatanimiz mustaqilligi, xalqimiz tinch va osoyishta hayoti, sarhadlarimiz dahlsizligi ishonchli qo‘llarda ekanini doimo chuqur his etamiz. 

Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, olijanob va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz! 

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash