O‘zbekiston davlat Yoshlar teatr jamoasi navbatdagi ijodiy manzilda

07 Jan, 2024 - 09:29
232
O‘zbekiston davlat Yoshlar teatr jamoasi navbatdagi  ijodiy manzilda

Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori va Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 5-6 yanvar kunlari, O‘zbekiston davlat Yoshlar teatri jamoasi Toshkent viloyatining Qibray va Zangiota tumanlari aholisi va yosh tomoshabinlariga  tuman madaniyat markazida G‘afur G‘ulomning hikoyasi asosida sahnalashtirilgan “Shum bola” spektakli  har kuni uch marotaba namoyish etdi.


 
Maroqli o‘tgan ushbu spektakl har bir tashrif buyurgan mehmonlarning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Yoshlar teatr jamoasi  ijod namunalariga tumandoshlarimiz tomonidan zafarlar tilandi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash