Hududlardagi teatrlarda bolajon uchun qanday yangi yil tomoshalar rejalashtirilgan?

30 Dec, 2023 - 18:11
338
Hududlardagi teatrlarda bolajon uchun qanday yangi yil tomoshalar rejalashtirilgan?

Matbuot xizmati

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi teatrlarda yangi yil bayrami munosabati bilan quyidagi tomoshalar namoyish etilishi rejalashtirilgan:

“Sovgʻa” – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 10-yanvar

“Oltin baliq” – Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 10-yanvar

“Yangi yilni izlab” – Qoraqalpoq davlat qoʻgʻirchoq teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 10-yanvar

“Aqlvoy va qaroqchilar sarguzashtlari” – Andijon viloyati musiqali drama teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 10-yanvar

“Soxta qorqiz”– Andijon viloyati yoshlar teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 7-yanvar

“Yovuzlik malikasi yohud yangi yil ertagi”– Andijon viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 10-yanvar

“Sohibjamol va maxluq” – Buxoro viloyati musiqali drama teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 10-yanvar

“Yangi yil moʻjizasi” – Buxoro viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 10-yanvar

“Qorboboning sarguzashtlari” – Jizzax viloyati musiqali drama teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 10-yanvar

“Yaxshi niyat yoki Muchal toji” – Jizzax viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qaysi sanalarda: 25 dekabr – 10-yanvar

“Sohibjamol va maxluq-2 yoxud oʻgʻirlangan archa” – Navoiy viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 5-yanvar

“Oʻrmon ertagi” – Namangan viloyati musiqali drama teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 10-yanvar

“Yangi yil tomoshalari” Samarqand viloyati musiqali drama teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 8-yanvar

“Bu bizning qorbobo” (rus tilida) – Samarqand viloyati rus drama teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 8-yanvar

“Quvnoq pingvinlar” – Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 5-yanvar

“Qorbobo sarguzashtlari” – Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 10-yanvar

“Gnomlar yangi yili” – Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 10-yanvar

“Baliqvoyning yangi yil sarguzashtlari”– Surxondaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 10-yanvar

“Mehr muhabbat sehrli kuchi yoxud qor malikasi qissasi” – Fargʻona viloyati musiqali drama teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 10-yanvar

“Qor malikasi uchun mehrli yurak” – Fargʻona viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 10-yanvar

“Qarsildoqning siri” (rus tilida) – Fargʻona viloyati rus drama teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 10-yanvar

“Qor malikasi” – Margʻilon shahar musiqali maqom teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 12-yanvar

“Yovuzlikni yengamiz” (aka-uka Grimmlar ertagi asosida) – Qoʻqon shahar musiqali drama teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 12-yanvar

“Orzular mamlakati” (jahon hal ertaklar asosida) – Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 5-yanvar

“Orzular bongi” – Qashqadaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 5-yanvar

“Vaqt oʻgʻrisi” – Xorazm viloyati musiqali drama teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 10-yanvar

“Grinch – Yangi yil oʻgʻrisi” – Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qaysi sanalarda: 2-yanvar – 7-yanvar

Avvalroq poytaxt teatrlarida namoyish etilayotgan yangi yil tomoshalari haqida maʼlumot berilgandi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash