Madaniyat sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish

27 Dec, 2023 - 13:01
239
Madaniyat sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish

Matbuot xizmati

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida “Madaniyat sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish” mavzusida seminar trening o‘tkazildi. 

Filial direktori  boshchiligida o‘tkazilgan mazkur treningda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati rahbari Rahimov Komiljon Botirovich o‘z maruzasi bilan ishtirok etdi. 

Seminar davomida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur” degan so‘zlarini qayta-qayta tilga oldilar.

Shuningdek, ma’ruzachi Komiljon Rahimov Korrupsiyaga qarshi kurashiah to‘g’risida ishlab chiqilgan Prezident farmoni va qarorlarini mazmun va mohiyati jihatidan  treningga yig‘ilgan filial professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlariga batafsil ma’lumotlar berdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash