“Milliy va zamonaviy cholg’u ijrochiligi” tanlovining respublika bosqichi

14 Dec, 2023 - 17:12
286
“Milliy va zamonaviy cholg’u ijrochiligi” tanlovining respublika bosqichi

Matbuot xizmati

Joriy yilning  11- 13- dekabr kunlari Jizzax viloyati Yoshlar innovatsion markazida va Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida uch yosh toifasida, ikkita yoʻnalish: milliy cholgʻular hamda zamonaviy cholgʻular yo‘nalishlarida ishtirokchilar o‘z ijod mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

13-dekabr tanlov g‘oliblarini taqdirlash va yakuniy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda Madaniyat vazirligi konsert tomosha faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Bahrom Usmonov g‘oliblarni diplom hamda  estalik sovg‘alar bilan taqdirladi.

Yopilish marosimi badiiy qismida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi “Sado” sozandalar ansambli va “Afsona” raqs jamoasi hamda xonanda  Dilshod Erkinovlar o‘zlarining diltortar kuy qo‘shiqlari bilan  faol ishtirok etdilar.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash