Gastrolda gala-konsert o'tkazildi

29 Nov, 2023 - 21:50
287
Gastrolda gala-konsert o'tkazildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri jamoasi tomonidan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga gastrol safari tashkil etildi.

Unda teatrning yetakchi solistlari tomonidan gala-konsert namoyish etildi. Konsert dasturidan o'rin olgan milliy va jahon klassikasining eng sara va durdona asarlari tomoshabinlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qarshi olindi. 

Teatr san’ati taraqqiyotida shu kabi gastrol safarlari muhim o’rin tutadi. Ayniqsa yosh avlod tarbiyasida san’at va ijodga bo’lgan mehr ortishida professional ijod namunalarining o’rni beqiyos.

 

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash