“Medeya” yana katta sahnada
29 Nov, 2023 - 17:00
282
Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida rejissyor Farhod Boynazarov sahnalashtirgan antik davr ijodkori Yevripid qalamiga mansub "Medeya" spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Rejissorlik mahorati, ssenografiya va musiqaning uyg'unligi, mahoratli aktyorlar ijrosi uyg'unligi asarning yanada ta'sirchan va tomoshaviyligini oshirgan.
Oilaviy munosabatlar, ayolning turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan otashin muhabbati, xiyonat, farzandlarning oiladagi o'rni va yuksak g'oyalarni ilgari suruvchi spektakl tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan qarshi olindi.