O'zbekiston akademik rus drama teatri

O'zbekiston akademik rus drama teatri

Toshkent rus dramatik teatri 1934 yilning 21 oktyabrida faoliyatini boshladi

Tashkilot rahbari:

O'zbekiston akademik rus drama teatri

Manzil:

Toshkent, MIROBOD TUMANI, ko'chasi ZARAFSHON, 24

Kategoriya:

Teatrlar

Telefon raqami:

+998 (71) 2333205

Web-sayt:

http://gardt.uz

Toshkent rus dramatik teatri 1934 yilning 21 oktyabrida faoliyatini boshladi. Taniqli rus rejissyori Vasiliy Aleksandrovich Chirkin va Mixail Karlovich Vulkonskiylar mazkur teatrning asoschilari sifatida tarixga kirgan. 1936 yili teatrga rus yozuvchisi Maksim Gorkiy nomi berildi.

 

O‘tgan asrning 30-50 yillarida teatrda sahnalashtirilgan «Boris Godunov» (A.S. Pushkin asari asosida), «Petr I» (A.Tolstoy), «Maskarad» (M.Yu.Lermontov), «Uch opa-singillar» (A.P.Chexov), «Aqllilik balosi» (A.Griboedov), «Na boykom meste» (A.N.Ostrovskiy) va qator sahna asarlari sahnalashtirilish jarayoni, rus teatr san’ati maktabi asoslari bilan mahalliy teatrlardan farqlanib, milliy teatr san’atiga o‘ziga xos epkin olib kirgandek bo‘ldi.

50-70 yillarda teatr ijodiy yo‘nalishida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Yosh  rejissyorlarning kirib kelishi va rejissurada butunlay yangi uslub va qirralarni kashf etishga intilish teatr tarixida yangi sahifa ochdi. Mazkur bosqichda Maksim Gorkiyning “Klim Samgin hayoti” romani asosidagi O‘zbekiston xalq artisti A.Ginzburg sahnalashtirgan “Bo‘m-bo‘sh qalb tarixi” va A.Arbuzovning “Irkutsk voqeasi” spektakllari, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi A.Mixaylov sahnalashtirgan “Hamlet” (U.Shekspir), M.Sholoxovning “Ular Vatan uchun jang qilishgan” asari asosida M.Spivak sahnalashtirgan «Polk kelayotir» va L.Tolstoyning “Zulmat hukmronligi” spektakllari teatr tanqidchilari va tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

1967 yili teatrga “Akademik teatr” maqomi berildi. Bu paytga kelib J.Anuya asari asosida V.Strijov sahnalashtirgan “Jomadonsiz sayohatchi”, N.V.Gogolning “Revizor”i, D.Vassermanning “Lamanchilik kishi”, A.Tostoyning “Podsho Fyodor Ionovich” spektakllari rus teatri faoliyatini yanada yuksak bosqichga ko‘tarilganini namoyon etdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash