O'zbek davlat drama teatri

O'zbek davlat drama teatri

O‘zbekiston davlat drama teatri 1968 yilda “Yosh gvardiya” teatri sifatida o‘zining mustaqil faoliyatini boshlagan.

Tashkilot rahbari:

Toshkent shahar

Manzil:

Shayxontohur tumani, ko'chasi Mannon Uygur, 2

Kategoriya:

Teatrlar

Telefon raqami:

+998 (61) 222-25-56

Web-sayt:

http://uzddt.uz

O‘zbekiston davlat drama teatri 1968 yilda “Yosh gvardiya” teatri sifatida o‘zining mustaqil faoliyatini boshlagan. 1968 yilda teatrga Ergash Masafaev bosh rejissyor etib tayinlandi. O‘sha davrdagi “Yoshlar” teatri 1968 yili O‘zbekistonning o‘sha davrdagi rahbari Sharof Rashidov rahnomoligida tashkil etilgan. Bu teatr Respublika yoshlari hayotini ifoda etuvchi birinchi zamondosh davlat teatri sifatida tug‘ildi.

Dastlab “Yosh gvardiya” deb nom olgan bu teatrning birinchi qaldirg‘ochlari Ergash Masafaev, Shirin Azizova, Aziza Begmatova, To‘g‘on Rejamatov, Mirsoat Usmonovlar bo‘lishgan, keyinchalik esa bu trupaga Dono Boboxonova, Madina To‘xtaeva, Noila Toshkenboeva, Asror Toshkenboev, Malika Ibragimova kabi bir guruh yoshlar kelib qo‘shilishdi. Rejissyor Ergash Masofaev jahon va o‘zbek dramaturglarining yoshlar hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan qator asarlarni sahnalashtirishga kirishadi.

1976 yildan boshlab teatrga Baxtiyor Ixtiyorov bosh rejissyor etib tayinlandi va Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Ishq qurbonlari”, Mar Bayjievning “Kelin va kuyov”, O‘lmas Umarbekovning “Otilmagan o‘q”, Mashrab Boboevning “O‘ttiz yoshlilar”, Isfandiyorning “Otasining qizi” singari pьesalari sahnalashtirildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash