Mamlakatimiz bo'ylab Navro'z sayillari bo'lib o'tmoqda.

Mamlakatimiz bo'ylab Navro'z sayillari bo'lib o'tmoqda.

Foto || 17-May-2021 02:05 || 642

Qorli-qirovli kunlar ortda qoldi. Ko'ngillar ko'klam sururidan yayramoqda. Ona zamin uzra bahoriy nasim esa boshladi. Tabiatda mo'jizaviy uyg'unlik kuzatilmoqda: kechagina oppoq qordan qaddi-basti egilgan, qahraton sovuqda diydiragan dov-daraxtlar bugun kurtak yozdi. Nozik novdalarga gul bitdi, qiyg'os gullagan bog'lar kapalak va bolarilarga oshyon bo'ldi. 

Quyoshning qaynoq taftini sog'ingan maysalar ko'zni quvnatib, ko'kka bo'y cho'zadi. Butun borliqda uyg'onish, yangilanish, yasharish manzaralari. 

Borliqdagi uyg'onish, yangilanish va yasharish ozod va obod Vatanimizga boqiy bayram, qut-baraka, to'kinlik va mehru oqibat ramzi – Navro'zi olam kelganidan darak beradi. 


Mamlakatimiz bo'ylab Navro'z sayillari bo'lib o'tmoqda.
Mamlakatimiz bo'ylab Navro'z sayillari bo'lib o'tmoqda.
Mamlakatimiz bo'ylab Navro'z sayillari bo'lib o'tmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash